Yangiliklar

qoshimchaimtiyoz

Tadbirkorlik. ISHONCHLI HIMOYA, QO‘SHIMCHA IMTIYOZ VA QULAYLIK

Viloyat hokimining “Viloyatda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini ta’minlash, ularning jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishni yanada kuchaytirish hamda

Batafsil
mahsulotlarixaridorgir

Tadbirkorlik. MAHSULOTLARI XARIDORGIR

Sardoba tumanida yosh tadbirkor Abrorjon Sherbekov tikuvchilik sexini ishga tushirdi. “Nishonoy bonu” xususiy korxonasiga qarashli ushbu sexda 6 nafar kollej bitiruvchisi ish bilan ta’minlandi. Ayni vaktda bu erda choyshab va ishchi kiyimlari tayyorlanib, buyurtmachilarga etkazib berilmoqda.

Batafsil
viloyatbosqichiyakunlandi

Ko‘rik-tanlov. VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI

Sirdaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi’ tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Birlashma raisi o‘rinbosari Qarshiboy Eshnazarov kasaba uyushmalari tizimida an’anaga aylanib qolgan mazkur tanlov qator yo‘nalishlar bo‘yicha nizom talabi darajasida o‘tkazilganini qayd etdi. Jumladan, “Eng faol yosh fermer” yo‘nalishi bo‘yicha Xovos tumanidagi “Ubaydullaev Husan Musurmonovich” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Musurmon Andaqulov, “Eng

Batafsil
d362ca6fc8608766f355d8d19d274bf9

Davra suhbati. “YOSHLAR MADANIYATI BUYUK KELAJAKKA YO‘L OCHADI”

Mustaqillikning ilk yillaridanoq yoshlarni jismonan va ma’nan  etuk insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun shart-sharoit yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmokda. Pirovardida navqiron avlod vakillari yurtimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarish va islohotlar jarayonida faol ishtirok etishga intilayotir. Navqiron avlodni zamonaviy mutaxassisliklarni egallashga rag‘batlantirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash O‘zMTDPning ham ustuvor

Batafsil
zerikishgavaqtyoq

Yozgi sog‘lomlashtirish. ZERIKISHGA VAQT YO‘Q

Guliston shahridagi “Kabutar” sog‘lomlashtirish oromgohida 100 nafar o‘quvchi miriqib hordiq chiqarmoqda. Bu erda bolajonlar uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkillashtirilayotir. Ayniqsa, “Biz talantlarni izlaymiz” mavzuidagi ko‘rik-tanlov qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Unda iqtidorli yoshlar san’at sohasida o‘zaro bellashib, g‘oliblar oromgoh ma’muriyatining esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. – Bolajonlarning dam olishi esda qolarli tarzda o‘tishini ta’minlash

Batafsil

Tezkor savol-javoblar

Namunaviy loyiha bo’yicha yangi qurilgan uylarning bittasini olgan edik. 15 yilga kredit asosida. Soliq to’lanadimi, agar to’lansa yiliga qancha to’lanadi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to’g’risida»gi PQ-1902-sonli qaroriga asosan, 2013 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar, kishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy – joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to’lab bo’lmagunga qadar, harid qilingan uy-joylar bo’yicha mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinganligi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i Soliq kodeksining 50-bobida belgilangan to’lanishi to’g’risida tushuntirildi.

Men tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi edim, qanday imtiyozlar bor?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi «O’zbekiston Respublikasida 2012-2016 yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi PQ-1754-sonli qaroriga asosan 2012 yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo’yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to’lashdan 3 yil muddatga; qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko’rsatadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to’lovini to’lashdan 5 yil muddatga ozod etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3588-sonli Farmoni bilan hunarmandchilikning asosiy 25 ta faoliyat turlari ro’yxati tasdiqlangan. Mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi hunarmand yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etilgan bo’lib, ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PF-4399-sonli farmoniga asosan 2014 yilning 1 yanvargacha uzaytirilgan. Shuningdek, Soliq kodeksining 390-moddasiga asosan Gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etiladi. Shu bilan birga, Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari uchun sug’urta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchiman. Xususiy tadbirkor chakana savdo faoliyati bilan shug’ullansa qancha soliq to’laydi ?

Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to’lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi. Shuningdek, ushbu moddaga asosan, agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo’yicha to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qarorining 11-ilovasida yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy soliq stavkalari belgilangan bo’lib, unga ko’ra chakana savdo faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga 2013 yil 1 yanvar holatidagi eng kam ish haqi (79590 so’m) miqdorida Toshkent shahriga 10 baravar, Nukus shahar va viloyatga bo’ysinuvchi shaharlarga 6,5 baravar va boshqa aholi punktlarida 3 baravarida qat’iy soliq belgilangan.

Foydali yo`llanmalar

QR kodni telefoningiz orqali skaner qiling

gulistan_uz

×

Saytimizning mobil versiyasi

×